Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Uchtepa tuman bo`limi tomonidan 2025 yil aprel oyida amalga oshirilgan ishlar

Qandolat mahsulotlarining kremli va kremsiz turlari mavjud bo‘lib, aynan qaymoqli yoki sariyog‘li kremli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari va ularning mahsulotlari epidemiologik ahamiyatga ega mahsulotlar deya baholanadi.

Yurtimiz iste’mol bozoriga xorijdan olib kirilayotgan qandolat mahsulotlari Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi laboratoriya kompleksining sanitariya-bakteriologik laboratoriya mutaxassislari tomonidan mikrobiologik xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar bilan zararlanganligiga ko‘ra tahlildan o‘tkazildi.

Qandolat mahsulotlari namunalari amaldagi GOST 5904 va GOST 26668 talablariga asosan xorijdan olib kirilayotgan mahsulot yuk xati va hisob varaqalaridagi aks ettirilgan ma’lumotlar, mahsulot yorlig‘idagi ma’lumotlar bilan taqqoslanib (identifikatsiya), ma’lumotlar mosligiga muvofiq deb topilgandan so‘ng Bakteriologik laboratoriya tahlili uchun tanlab olinadi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Uchtepa tuman bo`limi matbuot hizmati

Оставьте комментарий